SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

#eslatma

Agar siz talaba, o‘qituvchi yoki muhandis bo‘lsangiz, Sizda tanlovda qatnashib elektromobil, xorijiy davlatlarga stajirovka yoki pul mukofotlarini yutib olish imkoni mavjud. 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida 3 ta kategoriya — 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Har bir ishtirokchi Tanlovning faqatgina bir yo‘nalishida ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda:

1-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar elektromobil (9 ta),

2-o‘rin g‘oliblari xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi,

3-o‘rin g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tanlov joriy yilning aprel-iyun oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi.

Tanlovga arizalar joriy yilning 31-mart kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.

TANLOV NIZOMI

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

(55) 520-08-08 (357), (90) 065-05-09.


SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved