SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rahbariyati institutda tahsil olayotgan 2-3-bosqich iqtidorli talabalarni Germaniyaning Nordxauzen amaliy fanlar universitetida Talaba almashinuvi dasturida tahsil olishga taklif etadi.


Samarqand iqtisodiyot va servis instituti va Nordxauzen amaliy fanlar universiteti o'rtasida imzolangan "Talaba almashinuvi shartnomasi"ga asosan 2023-2024-o'quv yilining bahorgi semestrida institutimiz talabalari almashinuv dasturi asosida Nordxauzen amaliy fanlar universitetida 1 semestr mobaynida tahsil olib qaytishlari mumkin.


Mazkur dasturga eng munosib nomzodlar tanlov asosida tanlab olinadi. Nomzodlarga qo'yilgan talablar quyidagilar:

1. Institutda 2-3-bosqich talabasi bo'lish;

2. Til bilish darajasi: German B2, English B2;

3. A'lo baholarga o'qishi va namunali hulq-atvorga ega bo'lishi.


Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar Fakultetlarning o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosarlariga murojaat qilishlari kerak.

Ma'lumot uchun: Nordxauzen amaliy fanlar universiteti (nem. Hochschule Nordhausen) Germaniyaning Turingiya shtatining Nordxauzen shahrida joylashgan. 1997-yilda Germaniya qayta birlashgandan so'ng tashkil etilgan, 2022 yil holatiga ko'ra Nordxauzen universitetida 2035 nafar talaba tahsil oladi va ularga 50 nafar yuqori malakali professorlar dars berib kelishadi.

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved