SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Xabaringiz bor Samarqand iqtisodiyot va servis instituti zimmasiga Navoiy viloyatining Nurota, Xatirchi va Qiziltepa tumanlarining turistik salohiyatini tadqiq qilish hamda ushbu tumanlarning bu sohadagi faoliyatlariga koʻmaklashish vazifasilari yuklatilgan. 

Ayni paytda Yaponiyaning Wakayama universitetida amaliyotda bo‘lib turgan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm kafedrasi dotsenti A.Mahmudova ushbu universitet jamoasi uchun maxsus taqdimot tashkil etdi.

Unda Navoiy viloyatining turistik salohiyati, madaniy-tarixiy obidalari, ekoturizm va sanoat turizmi imkoniyatlari, shuningdek, mazkur hududda turistlar uchun yaratilgan infratuzilma va xizmat turlari haqida batafsil ma'lumotlar yapon tilida taqdim etildi.

Taqdimot doirasida Wakayama universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalaridan Navoiy viloyatining boy tabiiy resurslari, benazir me’moriy yodgorliklari hamda istiqbolli turistik yo‘nalishlariga katta qiziqish bildirildi.

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved