SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Joriy yilning 4-5-sentabr kunlari Latviya poytaxti Riga shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Latviya ta'lim va fan vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston va Latviya oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi boʻlib oʻtmoqda.

Forumda 40 dan ortiq Oʻzbekiston va Latviya oliygohlari rahbarlari orasida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori i.f.d., professor Poʻlatov Muhiddin Egamberdiyevich ham ishtirok etmoqda. 

Mazkur forum ishida yangi qoʻshma loyihalar, akademik va ilmiy dasturlarni ishlab chiqish, ilmiy markaz va laboratoriyalar tashkil etish, qisqa muddatli stajirovka oʻtash, maʼruza oʻqish, seminar, mahorat darslarini oʻtkazish, investitsiya jalb qilish va shu kabi boshqa masalalar muhokama qilinadi va oʻnlab oliygohlararo shartnomalar imzolanadi. 

Forumning rasmiy ochilish marosimi The House of the Blackheads tantanalar saroyida boʻlib oʻtdi.  Tadbirning rasmiy qismini O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Latviya rektorlari assotsiatsiyasi prezidenti Arvids Barshevskis ochib berdi. Rasmiylar ikki mamlakat oliy ta'lim tizimidagi hamkorlik aloqalarining soʻnggi yillarda yanada rivojlanayotganiga e'tibor qaratishdi.

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved