SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Riga Texnika Universiteti Rezekne Akademiyasi rektori Iveta Mietule boshchiligidagi delegatsiya bilan Samarqand iqtisodiyot va servis Instituti rektori Muhiddin Po‘latov boshchiligidagi institut rahbariyati vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ko‘p yillik hamkorlik aloqalari, so‘nggi yillardagi o‘zgarishlar hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Xususan, Erasmus+ dasturining "Key Action", "Capacity Building" kabi yo‘nalishlari doirasida hamkorlik qilish, malaka oshirish kurslarini tashkil etish, startaplarni akseleratsiya qilish va ilmiy hamkorlik (olimlar kollaboratsiyasi) kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida ilmiy hamda malaka oshirish yo‘nalishlarida muntazam almashinuvni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved