Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiy tahlil va statistika kafedrasi mudiri A.Xoliqulov rahbarligida talabalar uchun Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Aholi statistikasi” mavzusida amaliy mashg‘ulot darslari tashkil etildi.
Darslarda talabalarga aholini ro‘yxatga olish jarayonida yuzaga keladigan savollar yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.
Ushbu amaliy mashg‘ulot talabalar uchun nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlash, balki sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qildi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский