SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

#Huquqiy_targ‘ibot


Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, jamoadoshlar va talaba-yoshlar.

Hammamizga maʼlumki, yurtimizda yana bir siyosiy tadbir o‘tkazilishi kutilmoqda, yaʼni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq 2023-yilning 30-aprelida Respublikamizda referendum o‘tkazilishi eʼlon qilindi. Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi meningkonstitutsiyam.uz saytida joylashtirilgan.

Hammamiz oxirgi yillarda davlatimizda barcha sohalarda islohotlar olib borilganiga guvoh bo‘ldik, jamiyatimizga, hayotimizga yangi sohalar, yangi munosabatlar kirib keldiki, ushbu munosabatlarni tartibga solish uchun huquqiy asos bo‘lishi davr talabi bo‘lganligi bois,  Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Oliy majlisga Prezident tomonidan taklif kiritildi va xalq tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar o‘rganib chiqilib yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi ishlab chiqildi. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar asosan inson manfaati uchun amalga oshirilmoqda. Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasida fuqarolarning huquqlari va erkinliklari  yanada mustahkamlanayotganligi, kengaytirilayotganligi, inson manfaati uchun Konstitutsiyaviy islohot amalga oshirilayotganidan dalolat beradi. Amaldagi Konstitutsiya 128 moddadan iborat bo‘lsa, Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi 155 moddadan iborat.  Quvonarlisi shundaki, birinchi marta o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom avlodni shakllantirish, tarbiyalash, xalqning maʼnaviy, madaniy salohiyatini saqlash, boyitishning asosi sifatida eʼtirof etilmoqda, davlat o‘qituvchilarning shaʼni, qadr-qimmatini himoya qilishi, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi belgilanmoqda (52-modda). Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqliligi, oliy taʼlim tashkilotlari qonunga asosan akademik erkinlik, o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘qitish erkinligi Konstitutsiyaviy norma sifatida belgilanmoqda (51-modda). Bulardan tashqari yangilanayotgan Konstitutsiyada ayollarning huquqlari, bolalar va yoshlarning huquqlari kengaytirilmoqda. Yoshlar uchun imkoniyatlar kengaytirilmoqda. Yangilanayotgan Konstitutsiyada hayotimizdagi barcha jabhalarga oid huquqiy normalar o‘z ifodasini topmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib men shu jamiyatning bir aʼzosi sifatida, ona sifatida farzandlarim, nabiralarim shu yurtda yashab, taʼlim olib ilmli, bilimli bo‘lib kamol topishini xoxlayman. Shu sababli men Yangilanayotgan Konstitutsiyaga befarq emasman va referendumda ishtirok etib ovoz beraman sizlarni ham unda  ishtirok etishga chorlayman.  


Institut huquqshunosi   N.Ochilova

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved