Samarkand Institute of Economics and Service
Joriy yilning 14-dekabr kuni Servis fakulteti tyutor A. Raximov hamda institut psixologi D. To'xtamishevalar talabalarning depression holatini aniqlash maqsadida psixologik test o'tkazishdi. Unda talabalarning ruhiy holatiga tashxis qo'yilib, ba'zi muommolarning yechimlari haqida tushunchalar berildi. Shundan so'ng "Orzular daraxti" mavzusida motivatsion suhbat treninggi o'tkazildi. Unda talabalar kelajakda o'z oldilariga qo'ygan maqsadlari bilan o'rtoqlashib, orzulari tomon ildam borish uchun o'zlarida yangi kuch topishi uchun ruhlantirildi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский