Bugun talabalar turar joyida Alisher Navoiyning 582 yilligi munosabati bilan "Navoiy - Xamsanavis shoir" nomli davra suhbati o'tkazildi.



Bugun 7-fevral kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent D.B.Yuldasheva, katta o'qituvchi D.J.Norboyeva va o'qituvchi K.K.Ivanovalar Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, Alisher Navoiyning 582 yilligi munosabati bilan "Navoiy - Xamsanavis shoir" nomli davra suhbati o'tkazdilar. Suhbat chog'ida "Xamsa" dostonining yaratilish tarixi va an'anasi haqida to'xtalib o'tildi. 1-bosqich talabalari tomonidan "Farhod va Shirin" va "Layli va Majnun" dostonlaridan parchalar so'zlab berildi. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli o'tdi.
SamISI Matbuot xizmati