SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Muhtaram ustoz va murabbiylar! Qadrli hamkasblar!


Sizlarni, ta’lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlari va faxriylarini umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.


Hurmatli Prezidentimiz tomonidan keyingi yillarda o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, ta’lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etish bo‘yicha ulkan islohotlarni amalga oshirilayotgani ham bejiz emas. Zero, muallimning obro‘-e’tibori – bu avvalo millatning, butun xalqning obro‘-e’tiboridir.


Yangi beruniylar, yangi xorazmiylar, ibn sinolar va farg‘oniylarni kamolga yetkazish, shu orqali jonajon Vatanimizni dunyo miqyosida rivojlangan, tinch, erkin va farovon mamlakatga aylantirish ustoz va murabbiylarimizning missiyasi hisoblanadi. 


Vatan oldidagi mazkur masʼuliyat, ezgu va ulugʻ vazifani ado etish yoʻlida barchangizga kuch-quvvat, oilaviy xotirjamlik, sihat-salomatlik tilayman. Xonadoningizdan fayzu baraka, tinchlik-xotirjamlik hech qachon arimasin!


Yana bir bor kasb bayramlari ichra eng sharaflisi boʻlgan "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" muborak boʻlsin!


Hurmat bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Egamberdiyevich Poʻlatov

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved