SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Real iqtisodiyot" kafedrasining bir qator professor-o'qituvchilari, jumladan, kafedra mudiri, PhD, dotsent Artikov Zokir Sayfiddinovich, kafedra professori, i.f.d. Shodiyeva Gulnora Mardiyevna, kafedra dotsenti v.b., PhD Dusmatov Bekmuhammad Olimjonovich hamda kafedra assistenti Mirzayeva Shirin Nodirovna ta'lim sifatini oshirishga ko'maklashish, raqamli texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning ilmiy salohiyatini qo'llab-quvvatlash, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilishda targ'ibot-tashviqot olib borish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, xalqaro e'tirofga erishish, ta'lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko'tarish maqsadida ilmiy-ijodiy izlanishlari, ma'rifat ulashuvchi manaviy boyliklari, istiqbolli va zamonaviy bilim ulashish borasidagi sa'y-harakatlari bilan talaba yoshlarning tadqiqotga bo'lgan  munosabatlari, darsga qiziqishlarini orttirish hamda ta'lim jarayonidagi umumiy masalalar bo'yicha samarali takliflari yoritilgan loyihalari bilan — MDH miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanlovida ishtirok etib, "Ta'lim sohasidagi xizmatlari uchun" esdalik nishoni, guvohnoma, diplom, sertifikat hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. 


Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o'quv ishlari bo'yicha prorektori, "Real iqtisodiyot" kafedrasi dotsenti, i.f.n. Sharipov To'lqin Saidahmedovich, "Real iqtisodiyot" kafedrasi dotsenti, i.f.n. Abdukarimov Barat Ali Abdukarimovich hamda "Magistratura bo'limi" boshlig'i, "Real iqtisodiyot" kafedrasi prof. v.b., i.f.n. Sultonov Shodiyor Abduhalilovich loyihalarga ilmiy rahbarlik qilganligi uchun, minnatdorchilik yuzasidan ularga tashakkurnomalar berildi.

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved