Anjuman

2024-05-10 408
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Anjuman

Bugun Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis kafedrasi hamda “Shashlik.uz” xususiy korxonasi hamkorligida "Sogʻlom ovqatlanish va salomatlik — barkamol avlod tayanchi" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻz ishini boshladi. Ilmiy anjuman noan'anaviy tarzda, bugungi kun talabidan kelib chiqib  Samarqand shahridagi “Shashlik.uz” xususiy korxonasida tashkil etildi.

Mazkur anjumanda xorijiy hamda Samarqand shahridagi oliy o’quv yurtlarining taniqli olimlari, soha mutaxassislari, kafedra professor-o’qituvchilari, talabalar hamda ishlab chiqarish korxonalaring yetuk mutaxassislari  o’z ma’ruzalari va ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishdi. Ilmiy-amaliy anjumanning birinchi kuni qiziqarli ma’ruzalar va savol-javoblarga boy bo’ldi.