Slovakiya delegatsiyasi Samarqand iqtisodiyot va servis institutida

2024-11-13 302
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Slovakiya delegatsiyasi Samarqand iqtisodiyot va servis institutida

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida institut rahbar xodimlari va Slovakiya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda Bratislava Iqtisodiyot va menejment universiteti rektori Lubosh Chibaklar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.


Uchrashuvda tomonlar o'zaro tanishib, hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Xususan, professor-o'qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi, xalqaro ta'lim va ilmiy loyihalar bo'yicha ko'plab taklif va fikrlar bildirildi.