Xushxabar



Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtgan "Точка роста. Путь к успеху" V Xalqaro oliy ta'lim muassasalari talabalari oʻrtasidagi ishbilarmonlik oʻyinlari tanlovida Marketing kafedrasi dotsent v.b. K.Suyunova rahbarligidagi institutimiz talabalari jamoasi oʻzlarining kreativ loyihalari bilan ishtirok etib birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
Shuningdek gʻalaba munosabati bilan jamoamiz mezbonlar uchun eng sevimli taomlarimizdan boʻlgan osh tayyorlab berishdi.
Talabalarimizni institut jamoasi nomidan tabriklaymiz!