SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Haftalik doirasida institut rahbar xodimlari va talabalar o'rtasida davra suhbatlari, ma'ruza darslari va boshqa tadbirlar o'tkazilmoqda. Bugun, 7-sentabr kuni institut Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Berdimurodov Azizjon Shukrilloyevich Bank moliya xizmatlari fakultetidagi birinchi bosqich hamda sirtqi ta'lim bo'limidagi ikkinchi bosqich talabalar bilan uchrashdi.

Birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuv davomida prorektor talabalarni joriy yilda oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirgan 1 000 000 dan ortiq yoshlar ichida muvaffaqiyat qozonib talabalikka qabul qilinganliklari bilan yana bir bor tabrikladi. Ularga institutda yaratilgan sharoitlar haqida ma'lumotlar berib, darsdan bo'sh vaqtlarida turli to'garak, musobaqa va boshqa ijtimoiy sohalarda faol bo'lishga chaqirdi. Shuningdek talabalarda yuzaga kelayotgan muammolar va takliflar tinglanib, ularga yechim topish borasida kelishilib olindi. Suhbat davomida har bir guruhga ovoz berish yo'li orqali guruh sardorlari saylandi.

SamISI Matbuot xizmati

TelegramFacebook  | Instagram | veb sahifa 

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved