Seminar-treninglar



Xabaringiz bor, Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talabalarning qishki ta'tili davrida institut professor-o'qituvchilari uchun soha masalalari bo'yicha seminar-treninglar o'tkazib kelinmoqda.
Bugun 2023-yil 6-yanvar kuni "Institutda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash borasidagi ustuvor vazifalar"ga bag'ishlangan seminarni institut Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori A.Berdimurodov va rektor maslahatchisi M.Baratov olib bordilar.