SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Jismoniy madaniyat kafedrasi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida tennis bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi. Mazkur musobaqa talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.

Musobaqada institutning turli fakultetlarida tahsil olayotgan iqtidorli va sportga qiziqqan talabalar faol ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyon qilishdi. Bellashuv jarayonida sportga xos bo‘lgan do‘stlik, sog‘lom raqobat va jamoaviylik muhitini ko‘rish mumkin bo‘ldi.

Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved