Tadbirkorlar bilan uchrashuv-trening



Bugun, 29-sentabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida SAG kompaniyasi rahbariyati hamda institutimiz talabalari ishtirokida uchrashuv-trening tashkil etildi. Unda SAG kompaniyasi vakillari Shaxnoza Asrorovava, Dilnoza Bakiyeva hamda Eldor Mustafoyevlar talabalarga kompaniya, uning faoliyati, biznes va tadbirkorlikning muhim jihatlari haqida ma'lumotlar berishdi.
Shu bilan birga talabalarni mazkur kompaniyaga ishga taklif etishdi. Uchrashuv davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.