Samarkand Institute of Economics and Service
Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, qolaversa dual ta'lim tizimida tuzilgan shartnomalar asosida ish olib borish maqsadida axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti F.Jomonqulova tashabbusi bilan institut turizm va mehmondo’stlik yo’nalishi talabalari ishtirokida "Bo’ston travel" sayyohlik agentligiga amaliy tashrif uyushtirildi.
Tashrif davomida talabalar agentlikning ish faoliyati va xizmatlari bilan yaqindan tanishib, turizm sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, mijoz ehtiyojlarini qondirish usullari va agentlikning muvaffaqiyatli loyihalari haqida ma'lumotlar olishdi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский