Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari yuqori kayfiyatda davom etmoqda.
Jumladan, joriy yilning 18-iyun kuni bank-moliya xizmatlari fakulteti tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida sportning shaxmat va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Musobaqa do‘stona ruhda o‘tib, talabalar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Bunday tadbirlar nafaqat sport salohiyatini oshirish, balki jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga ham xizmat qiladi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский