SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Bugun Samarqand iqtisodiyot va servis institutida professor Radjab Abdullayevning 90 yoshlik yubileyi munosabati bilan tantanali marosim hamda "Buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga jadal o‘tkazishning nazariy, tashkiliy va metodologik masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda dastlab uzoq yillardan buyon institutda samarali mehnat faoliyati olib borgan junkuyar ustoz, professor Radjab Abdullayevichning qutlug‘ ayyomi bilan tantanali tabriklash marosimi o‘tkazildi. So‘zga chiqqanlar o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirib, esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

Anjuman o‘z ishini boshladi. Ma'ruzachilar tomonidan buxgalteriya hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga jadal o‘tkazishning nazariy, tashkiliy va metodologik masalalari, korxonalar hisob siyosatini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga muvofiqlashtirish, buxgalteriya hisobini MHXSlar asosida moliyaviy hisobotning mazmunan yangi ko’rsatkichlari, tan olish va baholash masalalari haqida so‘z yuritildi.

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved