SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Bugun Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning sifatini yaxshilash, ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o'rganish va kerakli tavsiyalar berish maqsadida Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Yusupov Axmadbek Tadjiyevich ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.

Unda institut rektori Muhiddin Po'latov, ilmiy kengash vakillari, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishdi. Oliy attestatsiya komissiyasi raisi yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimida rejalashtirilgan yangiliklar, ilmiy daraja va unvonlarga talabgorlarni attestatsiyadan o‘tkazishni osonlashtirish, tayyorlanayotgan ishlar sifatini oshirish borasidagi tashabbuslar haqida gapirib o'tdi. 

Uchrashuv davomida tadqiqotchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved