SamISI psixologi trening o'tkazdi



SamISI psixologi D.To'xtamisheva "Sen bilan bir kun" dasturi doirasida, Iqtisodiyot va Servis fakulteti manaviy muhiti o‘rganildi. Fakultet rahbar va tyutorlari bilan ''Sog'lom psixologik muhitda lider jamoani yaratish''ga qaratilgan, " Siz o'z hayotingizning kapitanisiz", ''Xotirani baholash", "Balki noyob odamdirsiz", "O'zingni angla" psixologik test va treninglari o'tkazildi. Har bir tyutor zamon talabi asosida o'z kasbining sir-asrorlarini bilishi muhimligi haqida so'z bordi. Psixologik treningda har bir xodimning shaxsiy psixologga murojaati tinglandi va psixologik maslahat berildi.