SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

#Rasmiy_munosabat


"Фатима Жураева" telegram kanali hamda facebook ijtimoiy tarmog'ida "Samarqand iqtisodiyot va servis institutida dekan imtihondan o'tish uchun 200$ dan so'ragani" haqidagi murojaatga rasmiy munosabat.


Samarqand iqtisodiyot va servis institutida yakuniy davlat attestatsiya sinovlari ta’lim yo‘nalishining mutaxassislik fanlaridan eng yuqori soat hajmda oʻqitilgan 5 ta fandan test sinovlari shaklida oʻtkazildi. Fanlar roʻyxati va savollar majmuasi institutning rasmiy veb-saytiga yakuniy davlat attestatsiya sinovlaridan 1 oy oldin joylashtirildi. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini qabul qiluvchi komissiya tarkibi institut rektorining buyrugʻi bilan tasdiqlanib, uning tarkibiga turdosh OTMlar professor-oʻqituvchilari, ish beruvchi tashkilotlar vakillari kiritildi.


Shuningdek joriy yildagi davlat yakuniy attestatsiya imtihonlari va boshqa turdagi nazoratlar biriktirilgan komissiya a'zolari ishtirokida kamera bilan jihozlangan xonalarda to'liq kompyuterlashtirilgan formatda shaffof tarzda o'tkazilgan. Qolaversa imtihon jarayonlari doimiy tarzda institutning rasmiy sahifalarida keng jamoatchilikka namoyish etilib kelinmoqda.


Bundan tashqari murojaat institut Korrupsiyaga qarshi kurashish

“Komplaens nazorat” tizimini 

boshqarish bo‘limi tomonidan oʻrganib chiqildi hamda aniq faktlarga tayanib berilgan maʼlumot emas deb xulosa berildi. Imtihon uchun talabalardan pul soʻralgani oʻz isbotini topmadi.

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved