Amaliyot – bilim kaliti!



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm kafedrasi assistenti O.Xaydarov tomonidan turizm faoliyati va mehmonxona iqtisodiyoti tarixi va nazariyasi fani doirasida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida talabalar shahrimizdagi turagentliklardan biriga tashrif buyurib soha faoliyati bilan bevosita tanishishdi. Shuningdek turoperatorlar va xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar o‘rtasidagi aloqa texnologiyalari haqida ham bilimga ega bo‘lishdi.
Bunday darslar talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash, sohani chuqurroq anglash va kelajakdagi faoliyatlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.