30-yanvar — O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Karimov Islom Abdug'aniyevich tug'ilgan kun.



Bugun 30-yanvar Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tugʻilgan kuniga bagʻishlab "Buxgalteriya hisobi va menejment" fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan "Siz qalbimizda mangu yashaysiz" nomli xotira tadbiri oʻtkazildi. Tadbirdan soʻng fakultet tyutorlari va talabalari birinchi Prezidentimizning Registon maydoni yonidagi hiyobonda barhayot siymosi aks etgan ulugʻvor haykaliga tashrif buyurib, uning oʻchmas xotirasiga chuqur hurmat va ehtirom koʻrsatdilar. Shuningdek O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi K. Ivanova Servis fakulteti TFT-122 guruh talabalari bilan O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida "Registon maydoni"ga tashrif buyurib, I. Karimov haykali poyiga gul qo'yishdi.