SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis institutining Bank-moliya xizmatlari fakultetida instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi. 


Ushbu tadbirda Samarqand shahar prokuraturasi, Samarqand viloyati ishchi ishlar boshqarmasi, siyosiy partiyalar mas'ul xodimlari, institut rahbariyati, ota-onalar, OAV vakillari hamda talabalar ishtirok etishdi. 


Tadbir davomida mas'ullar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, korrupsiyaga qarshi kurashishda prokuratura organlarining faoliyati, Oliy taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishda raqamli texnologiyalarning oʻrni va ahamiyati, komplayens-nazorat tizimining samarali usullari hamda institutda olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning samarasi boʻyicha maʼruzalar qilindi.


Tadbir so'ngida Bank-moliya xizmatlar fakultetining faol hamda namunali talabalarining ota-onalariga tashakkurnomalar berildi.


 SamISI Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|Sies.uz

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved