Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish tadbiri o'tkazildi



Joriy yilning 11-mart kuni Servis fakulteti tyutori D.Xudaynazarova tashabbusi bilan muhtaram Prezidentimizning yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan belgilab bergan 5ta muhim tashabbusining 4-yo'nalishi bo'yicha ARM xodimlari bilan hamkorlikda samarali ishlarni amalga oshirmoqda. "Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish" mavzusida tadbir o’tkazdi. Xususan, ushbu tadbirda kitoblar ko’rgazmasi, yangi nashr etilgan adabiyotlar taqdimoti tashkil etildi.