Xorijiy mutaxassislar tashrifi



Institutning o‘quv jarayonlariga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida Institutimizga Qozog'iston Respublikasi M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti professor-o‘qituvchilari tashrif buyurishdi.
M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent Mergenbaeva Aziza Toymahambetovna, Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti, i.f.n. Urazbayeva Gulnara Jarasovna va Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti, i.f.n. Abishova Aijan Urinbasarovnalar institut talabalari uchun o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazishmoqda.
Shuningdek xorijiy mutaxassis professor-o'qituvchilar institutning "Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi bilan ilmiy va o'quv-uslubiy sohalarda hamkorlik qilish bo'yicha kelishib olishgan.