Samarkand Institute of Economics and Service
Joriy yilning 30-aprel hamda 1–2-may kunlari Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga I.Razzoqov nomidagi Qirg‘iziston davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida bank ishi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga “Bank sohasida zamonaviy IT tizimlari” mavzusida dars mashg‘ulotlari olib borildi. Mashg‘ulotlar davomida talabalar bank sohasida axborot texnologiyalarining amaliy qo‘llanilishi haqida chuqur bilim va tajribaga ega bo‘lishdi.
Darslar yakunida institutning kafedra professor-o‘qituvchilari bilan mehmonlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashildi. Shuningdek, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan rejali ishlar muhokama qilindi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский