“Kitobxon talaba” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi

2025-05-13 540
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
“Kitobxon talaba” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan 1-bosqich talabalari uchun “Kitobxon talaba” loyihasi doirasida “Jadidlar hayotiga nazar” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘zbek xalqining ma’naviy uyg‘onishida muhim o‘rin tutgan jadidlar harakati, ularning ma’rifatparvarlik faoliyati, millat kelajagi uchun qilgan fidokorona xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalar jadidlar hayoti va ijodidan ilhomlangan holda, o‘z taqdimotlari, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlari orqali tarixiy shaxslarning jasoratini yodga oldilar.