V.I.Ulyanov (Lenin) nomidagi Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti “LETI” Innovatsion loyihalash va texnologik tadbirkorlik instituti rahbariyati tashrifi.



#Xalqaro_hamkorlik #SamISI
2023-yil 10-aprel kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga dunyoning nufuzli oliy taʼlim muassasalari top 1000 taligiga kirgan Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg shahrining yirik taʼlim muassasalaridan biri bo'lgan Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti “LETI” Innovatsion loyihalash va texnologik tadbirkorlik instituti vakillari i.f.d., professor Kuzmina Svetlana Nikolayevna va i.f.d., professor Shashina Nina Sergeyevna tashrif buyurishdi.
Tashrifdan asosiy maqsad ikki oliy ta'lim muassasalarining o'zaro tanishuvi va hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'ldi.
SamISI Matbuot xizmati