Alisher Navoiy bog‘iga ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi

2026-09-16 30
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Alisher Navoiy bog‘iga ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi

Talabalarda sog'lom dunyoqarashni shakllantirish, milliy adabiyotimizning buyuk namoyandalari, atoqli adib va shoirlarning hayoti hamda ijodiy merosini keng targ'ib etish, mutolaa va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida servis fakulteti xodimlari va talabalari shahrimizda joylashgan Alisher Navoiy bog'iga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning boy adabiy merosi, uning milliy adabiyotimiz hamda ma'naviy hayotimiz rivojiga qo'shgan beqiyos hissasi haqida atroflicha ma'lumotlarga ega bo'ldilar. Shuningdek, buyuk ajdodimizning ijodiy merosini o'rganish va undan ma'naviy ozuqa olishning ahamiyati haqida fikr almashildi.

Mazkur tashrif talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, badiiy adabiyot va kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishini oshirish hamda ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashini yanada boyitishga xizmat qildi.