Marketing kafedrasi professor-oʻqituvchilari Past Dargʻom tumanining olis hududlarida targʻibot tadbirlari olib borishmoqda

2025-06-25 353
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Marketing kafedrasi professor-oʻqituvchilari Past Dargʻom tumanining olis hududlarida targʻibot tadbirlari olib borishmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2025-yil 30-maydagi 27/1-378-son topshirigʻi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 13-iyundagi "Olis va chekka hududlardagi yoshlarni respublika oliy taʼlim tashkilotlariga jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi buyrugʻi ijrosi yuzasidan marketing kafedrasi professor-oʻqituvchilari Pastdargʻom tumanidagi "Beshbola", "Sinchi", "Birlik" va "Yangiyoʻl" hududlaridagi yoshlarni oliy taʼlim tashkilotlariga jalb qilish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borishdi.