SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Koreya Respublikasining Woosuk universiteti 2020-yildan buyon hamkorlik qilib kelishadi. Aynan 2020-yilda ikkala oliy ta'lim muassasaasi o'rtasida anglashinuv memorandumi imzolangan. Shundan so'ng 2021-yil oktabr oyidan boshlab, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzurida Woosuk universiteti bilan hamkorlikda koreys tiliga o'qitish markazi "Samarkand King Sejong Institute" faoliyat yuritib kelmoqda.

Bugun, mazkur markazda yangi o'quv yilining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilishdan so'ng, Samarqand iqitisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Po'latov va Woosuk universiteti prorektori, Global munosabatlar markazi direktori Kim Dong Joo o'rtasida uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda, dastlab, "Samarkand King Sejong Institute" koreys tiliga o'qitish markazining shu vaqtgacha faoliyati natijalari va erishilgan yutuqlari haqida so'z bordi. 2024-2026-yillar uchun markaz strategiyasi taqdimoti tinglandi. Mavjud muammolar va ularni yechishga qaratilgan takliflar aytib o'tildi. Shuningdek, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Woosuk universiteti o'rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori darajaga olib chiqish, ta'lim, ilm-fan va madaniyat sohalarida ham hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Woosuk universiteti prorektori, Global munosabatlar markazi direktori Kim Dong Joo institut rektori Muhiddin Po'latovni Koreyaga Woosuk universiteti infratuzilmasi bilan tanishish uchun taklif etdi.

Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlarning Samarqand shahridagi amaliy safari davom etmoqda.

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved