SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! 


Bugun yurtimizda eng katta tantana, Vatanimiz uchun ulug' bayram. Bugun siz bilan Vatanamiz, Yangi O'zbekiston mustaqilligining 32 yillligini nishonlamoqdamiz. Barchangizga ma'lumki, qadimdan xalqimiz bugungi erkin, tinch va farovon hayotimizga erishish yo'lida asrlar davomida kurashib kelgan va buni sinovlarni mardonavor yengib o'tdi ham. Shunday ekan bugungi kun, xalqimiz uchun bayramlar ichida eng a'losidir. 

Fursatdan foydalanib ushbu quvonchli kunda barcha Yangi O'zbekiston xalqini samimiy muborakbod etaman. Tinchlik va hurlik doimo siz bilan birga bo'lsin. Zero tinch va mustaqil yurtda, oilada unib-o'sgan farzandlar vatan kelajagi uchun muhim poydevor hisoblanadi. Ayni vaqtda barchamizning vatan oldidagi umumiy burchlarimizdan biri ham, yurtimiz mustaqilligi va tinchligini ta'minlash hamda ushbu ne'matni kelajak avlodga yetkazishdan iboratdir. 


Aziz yurtdoshlar! Barchangizni yana bir bor mustaqilligimizning  32 yilligi bilan tabriklayman! Sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik sizni tark etmasin!


Hurmat bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori

Po'latov Muhiddin Egamberdiyevich


SamISI Matbuot xizmati


TelegramFacebook|

InstagramSies.uz |

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved