Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etish maqsadida fakultet talabalari tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Spektakllarda jadid ma’rifatchilari Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Mahmudxo‘ja Behbudiy kabi millat ziyolilarining hayoti, ijodi va tarixiy xizmatlari yoritilib, ularning ma’rifat yo‘lida ko‘rsatgan fidoyiligi sahnaviy tarzda talqin etildi.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy o‘zlikni anglash va ma’rifatparvar ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhini kuchaytirishga xizmat qildi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский