Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi hamda buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tashabbusi bilan “Til — millatning ruhi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini ulug‘lash, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlash, yosh avlod qalbida ona tiliga mehr-muhabbatni oshirishdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni mazmun-mohiyati, tilimizning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский