Marketing hamda logistika yo'nalishlari talabalari o'rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi

2023-10-05 1350
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Marketing hamda logistika yo'nalishlari talabalari o'rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi

Servis fakulteti tyutori A.Kanaatov hamda fakultet yetakchisi O.Joʻraqulovlar tashabbusi bilan mini futbol musobaqasi oʻtkazildi.  


Murosasiz va qiziqarli bahslarga boy oʻtgan musobaqa yakunlariga koʻra 3-o‘rinni LOG-122 guruh talabalari, 2- o‘rinni MR-322 guruh talabalari, 1-oʻrinni LOG-322 guruh talabalari egallashdi. Shuningdek, o‘yin davomida “eng yaxshi futbolchi” nominatsiyasi bilan MR-322 guruh talabasi Rustamaliyev Samandar taqdirlandi.


Barcha g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


SamISI Matbuot Xizmati


Telegram  | Facebook  |

Instagram  | Web_site  |   YouTube  |