“1010000-Xizmat ko‘rsatish sohasi” ta’lim sohasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi soha kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi



“1010000-Xizmat ko‘rsatish sohasi” ta’lim sohasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi soha kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 259-sonli buyrug‘ining 1-bandiga asosan oliy ta’limning me’yoriy-uslubiy hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ta’lim jarayoniga tatbiq etish tizimini takomillashtirish, kredit-modul tizimi asosida tashkil qilingan ta’lim jarayoni sifatini oshirish maqsadida, Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “1010000-Xizmat ko‘rsatish sohasi” ta’lim sohasi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi soha kengashining tarkibini shakllashtirish, kengash to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish, tasdiqlash masalalariga bag‘ishlangan kengashning yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi bo‘lim boshlig‘i L.R.Zaripov, etakchi va turdosh oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan rahbarlari hamda institutning tegishli kafedra mudirlari va sohaga taalluqli kadrlar buyurtmachilari ishtirok etishdi.
Ta’lim jarayonining me ‘yoriy-uslubiy hujjatlarini ishlab chiqish tizimini yanada takomillashtirish, o‘quv mashg‘ulotlari talab etiladigan kasbiy kompetensiyalar bilan uzviy bog‘langan holda har bir ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha yagona mukammal o‘quv rejalar asosida joriy etilishi, talabalar tomonidan bilim, ko‘nikma va malakalarni samarali o‘zlashtirilishi hamda akademik mobillikni yuqori darajada ta’minlash masalalari muhokama qilindi va ustuvor vazifalar belgilab olindi.