"Intellektual mulk himoyasi va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish" mavzusida davra suhbati tashkil etildi



Samarqand iqtisodiyot va servis institutida bugun, 6-mart kuni Respublikamiz bo‘yicha tashkil etilayotgan “Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ullari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Adliya vazirligi Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i B.R.Ruziyev, institut huquqshunosi N.X.Ochilova hamda yuridik fanlar nomzodi, dotsent O.X.Yunusovlar so‘zga chiqib, mamlakatimizda intellektual mulk sohasida tovar belgisining himoyasi, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish, huquqni himoya qilish, o‘zaro manfaatlar kesishuvining oldini olish hamda investitsion muhit va teng sharoitlardagi raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida ma’lumot berdilar.
Mazkur tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va talabalar ishtirok etishdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.