SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!

Muhtaram faxriylar!


Bugun jonajon Vatanimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk gʻalaba nishonlanmoqda. Ana shu qutlug‘ ayyom bilan sizlarni, sizlar orqali ko‘p millatli butun xalqimizni chin qalbimdan muborakbod etaman. 


Ayni vaqtda mustaqil Vatanimiz ozodligi, el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan jasur harbiylarimizning nomlarini ham hurmat va ehtirom bilan esga olamiz. Ularning oila a’zolari, farzandlariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni o‘zimizning muqaddas burchimiz, deb bilamiz.


Siz, azizlarni biz fashizmga qarshi mardona kurashgan, buyuk G‘alabaga beqiyos hissa qo‘shgan, Vatanimizning haqiqiy qahramonlari, deb bilamiz va sizlar bilan cheksiz faxrlanamiz.


Barchangizga yana bir bor o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.


Hurmat ila Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Poʻlatov Muhiddin Egamberdiyevich

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved