Zulfiya tavalludi munosib xotirlandi



Salqin saharlarda, bodom gulida
Binafsha labida, yerlarda bahor, Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...
"Buxgalteriya hisobi va menejment" fakultetida Zulfiya Isroilovaga bagʻishlab "Bahor keldi seni soʻroqlab" nomli badiiy kecha uyushtirdi.
Badiiy kechada "Oʻzbek tili va adabiyoti" kafedrasi oʻqituvchisi M.Q.Komilova, xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi D.J.Pashshaxodjayeva, fakultet tyutori Sh.N.Niyozova, "Oʻquv-uslubiyat" bo'limi xodimi M.S.Niyozovalar hamda fakultet talabalari ishtirok etishdi. Kechada Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqida gapirilib, uning she'riy toʻplamlaridan parchalar oʻqib eshittirdi.