Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida professor-oʻqituvchilar hamda xodimlar ishtirokida "Jaholatga qarshi maʼrifat" profilaktik tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda institut yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori A.Berdimurodov hamda oʻquv ishlari boʻyicha prorektori T.Sharipovlar tomonidan ishtirokchilarga mavzu yuzasidan tushuncha va tegishli yoʻnalishlar berildi. Xususan, hozirda jahonda yuz berayotgan siyosiy jarayonlar haqida ham soʻz borib, kelajak yosh avlodni tinchlikparvar, har tomonlama yetuk inson sifatida tarbiyalash institutdagi har bir xodim va pedagogikning vazifasi ekanligi taʼkidlandi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский