SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

Joriy yilning 24-sentabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Sichuan provinsiyasida joylashgan Sichuan universiteti (Sichuan Normal University) vitse prezidenti Guo Zhaohui boshchiligidagi delegatsiya Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga tashrif buyurdi. 

Uchrashuvda Sichuan universitetning turli fakultetlari dekanlari, xalqaro bo'lim mas'ullari hamda institutimiz mas'ul prorektor va bo'lim boshliqlari ishtirok etishdi.

Dastlab ikki oliygoh tomonidan o’zlarining ta’lim muassasalari, hamkorlik qilish mumkin bo’lgan yo’nalishlari va o'quv jarayonlari haqida ma'lumotlar berilib, umumiy o’xshash jihatlar sanab o’tildi. Talabalar almashinuvi, turli ta'lim va madaniy dasturlar, yozgi va qishki maktablarni hamkorlikda tashkil etish masalalariga alohida to'xtaldi.

Uchrashuv so’ngida Anglashinuv memorandumi imzolandi.

Ma'lumot uchun, Sichuan Universiteti (SICNU) Xitoyning Sichuan provinsiyasining Chengdu shahrida joylashgan eng qadimgi universitet (o'qituvchilar kolleji) hisoblanadi. Oliygoh Sichuan provintsiyasidagi viloyat universitetlari va kollejlari orasida taqdim etiladigan eng to'liq kurslarga ega bo'lgan eng yirik yetakchi universitetidir. Unda 37 000 ga yaqin talaba, shundan 34 000 kunduzgi bakalavriat va 3 000 magistrant tahsil oladi. Universitetda 3000 ga yaqin professor-o‘qituvchilar va xodimlar faoliyat olib boradi, ulardan 770 nafari professor va dotsentlar, 150 nafari esa doktorlik darajasiga egadir. Xitoy Fanlar akademiyasi va Xitoy muhandislik akademiyasining 17 nafar akademigi SICNUda turli lavozimlarida bosh, o'rindosh yoki faxriy professor sifatida talabalarga dars berib kelmoqda.

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved