SamISI Samarkand Institute of Economics and Service

amarqand iqtisodiyot va servis instituti "Sirtqi" bo'limi xodimlari, jumladan, bo'lim boshlig'i o'rinbosarlari Karimov Anvar Aktam o'g'li hamda Quliyev Begimqul Melikovich, bo'lim uslubchisi Tirkashev Toxirbek Yo'ldosh o'g'li ta'lim sifatini oshirishga ko'maklashish, raqamli texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning ilmiy salohiyatini qo'llab-quvvatlash, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilishda targ'ibot-tashviqot olib borish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, xalqaro e'tirofga erishish, ta'lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko'tarish maqsadida ilmiy-ijodiy izlanishlari, ma'rifat ulashuvchi manaviy boyliklari, istiqbolli va zamonaviy bilim ulashish borasidagi sa'y-harakatlari bilan talaba yoshlarning tadqiqotga bo'lgan  munosabatlari, darsga qiziqishlarini orttirish hamda ta'lim jarayonidagi umumiy masalalar bo'yicha samarali takliflari yoritilgan loyihalari bilan — MDH miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik tanlovida ishtirok etib, "Ta'lim sohasidagi xizmatlari uchun" esdalik nishoni, guvohnoma, diplom, sertifikat hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. 


Loyihaga ilmiy rahbarlik qilganligi uchun Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Sirtqi" bo'lim boshlig'i, "Raqamli iqtisodiyot" kafedrasi dotsenti v.b., i.f.n. Abdukarimov Furqat Barat Aliyevichga minnatdorchilik yuzasidan tashakkurnoma berildi.

SamISI logo

Samarkand Institute of Economics and Service

Manzil belgisi Samarkand, A. Temur St. 9

Telefon belgisi Hotline: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish When using site materials fully or partially, citing this source is mandatory

Copyright belgisi Samarkand Institute of Economics and Service. All rights reserved