Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar tafakkurini kengaytirish, nutq madaniyatini rivojlantirish hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida til va tafakkur mashg‘ulotlari muntazam davom ettirilmoqda.
Mazkur mashg‘ulotlarda talabalar o‘z fikrlarini erkin ifoda etish, aniq va lo‘nda gapirish, adabiy tilda mulohaza yuritish kabi ko‘nikmalarni amaliy mashqlar orqali rivojlantirishmoqda. Darslar doirasida turli mavzular muhokama qilinib, ijodiy topshiriqlar bajarilmoqda.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский