Samarkand Institute of Economics and Service
Ekskursiya davomida talabalarga yodgorlik majmuasining bunyod etilish tarixi, undagi ramz va ma’nolar, shuningdek, xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir kunlarni yodga soluvchi jihatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tashrif davomida talabalar Vatan ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, tarixiy saboqlarni qadrlash va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash zarurligini his etishdi.
Bunday ekskursiyalar yosh avlodda yurtga mehr, Ona Vatanga sadoqat, tarixga hurmat kabi yuksak tuyg‘ularni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский