Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti jamoasi ehtiyojmand oilalar va yolgʻiz keksalar holidan xabar oldi

2025-08-06 584
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti jamoasi ehtiyojmand oilalar va yolgʻiz keksalar holidan xabar oldi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tyutorlari tomonidan ehtiyojmand oilalar va yolgʻiz keksalar holidan xabar olindi.

Uchrashuv davomida ular bilan samimiy suhbatlar oʻtkazilib, maʼnaviy-ruhiy va psixologik qoʻllab-quvvatlash ko‘rsatildi. Tyutorlar bu kabi tashriflar orqali mehr-oqibat va insoniy e’tibor muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.