Samarkand Institute of Economics and Service
Samarqand shahrida joylashgan bir necha umumtaʼlim maktablarining bitiruvchi sinf oʻquvchilari bugun Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga tashrif buyurishdi. Tashrif mobaynida oʻquvchilar institut hududi joylashgan binolar, xususan ARM binosi, sport zali hamda zamonaviy oʻquv-mashgʻulot xonalarini koʻzdan kechirishdi.
Shuningdek Iqtisodiyot fakulteti dekani Sh.Islomov maktab o'quvchilarini fakultetdagi yo'nalishlar, o'quv jarayonlari hamda qulayliklar bilan tanishtirdi.
SamISI Matbuot xizmati
2026 – The Year of Developing Mahalla and Elevating Society
Oʼzbekcha
English
русский